Shu yilning 28 martida SMTI direktori Eldor Aripov Jazoirning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Bumediyen Gennad bilan uchrashdi
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Jazoir munosabatlarining holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. O‘zbekiston va Jazoirning tahliliy markazlari o‘rtasidagi hamkorlikni faollashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shu nuqtai nazardan, mehmon O‘zbekiston va Jazoirning yetakchi “aql markazlari” o‘rtasida bir kun avval o‘tkazilgan onlayn konferensiyani yuqori baholadi. Uning soʻzlariga koʻra, “tadbir ikki davlat ekspertlari oʻrtasidagi aloqalarni kengaytirish yoʻlidagi birinchi muhim qadam boʻldi. Bunday uchrashuvlar ekspertlar darajasida g‘oya va takliflar ishlab chiqish orqali ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga yordam beradi”.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar O‘zbekiston-Jazoir hamkorligining o‘zaro manfaatli barcha yo‘nalishlari bo‘yicha muntazam uchrashuvlar o‘tkazishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.
Oldingisi
O‘zbekiston va Jazoir ekspertlari muloqot o‘tkazdi
O‘zbekiston-Jazoir munosabatini rivojlantirish, ikki davlat tahliliy markazlari o‘rtasida amaliy hamkorlik o‘rnatishga bag‘ishlangan onlayn konferensiya bo‘lib o‘tdi.
28.03.2023