Joriy yilning 14 martida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nohukumat tashkiloti ijrochi direktori Katya Gershak va tashkilotning O'zbekistondagi filiali bosh direktori o‘rinbosari Bekzod Sharipov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish va qonun ustuvorligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan atroflicha fikr almashinildi. Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi.
Tomonlar SMTI va “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nohukumat tashkiloti o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollarini ko‘rib chiqdilar.
Katya Gershak mamlakatimizda fuqarolarning manfaatlari va huquqlarini ta’minlash, fuqarolik jamiyati institutlarining erkin ishlashi uchun amalga oshirilayotgan izchil chora-tadbirlar va islohotlarni yuqori baholadi.
O'z navbatida mehmonlarga O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, xususan Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgani haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nohukumat tashkiloti vakillariga konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirish doirasida mamlakat rahbariyatining diniy bag‘rikenglikni ta’minlash va ekstremizmning oldini olish, davlatning dunyoviy siyosatini rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlari haqida ma’lumot berildi.
Keyingisi
SMTIda seminar-trening bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 14 martida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi bilan hamkorlikda global va mintaqaviy jarayonlarni tadqiq qilishning zamonaviy usullarini qo‘llanishiga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
15.03.2024