Joriy yilning 14 martida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi bilan hamkorlikda global va mintaqaviy jarayonlarni tadqiq qilishning zamonaviy usullarini qo‘llanishiga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Seminar davomida ssenariy tahlilga, prognoz tahliliy materiallarni tayyorlashda undan foydalanish imkoniyatlariga, Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlikning o‘ziga xos muammolarini ko‘rib chiqishga alohida e’tibor qaratildi.
O‘quv-seminar tashkilotchilarining fikricha doimiy tajriba va bilim almashish keyingi tahliliy ish sifatini oshirishga, ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy-uslubiy salohiyatini rivojlantirishga yordam beradi.
Oldingisi
SMTIda “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nohukumat tashkiloti vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Joriy yilning 14 martida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nohukumat tashkiloti ijrochi direktori Katya Gershak va tashkilotning O'zbekistondagi filiali bosh direktori o‘rinbosari Bekzod Sharipov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
14.03.2024