AQSh ekspertlari bilan uchrashuv

SMTIda LYN Community (AQSh) prezidenti U.Kyusak va Xalqaro konfessiyalaro tinchlik korpusi (IIPC) vakili D.Langford bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Tomonlar konfessiyalar o’rtasida hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi.

Suhbat davomida U.Kyusak O’zbekiston tomonidan ro’yxatga olingan diniy konfessiyalarga teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlash yo’lida qilayotgan hatti-harakatlariga yuksak baho berdi. Ekspertning ta’kidlashicha, turli din vakillari o’rtasidagi munosabatlarni o’rnatishda “o’zbek modeli” mamlakat barqarorligi va xavfsizligini ta’minlash yo’lida muhim omil bo’lmoqda.

Shuningdek, muzokara jarayonida AQSh ekspertlari so’nggi yillarda O’zbekistonda diniy erkinlikni ta’minlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar mintaqadagi barcha davlatlar uchun namuna bo’layotganligini ta’kidlashdi.

Suhbat so’ngida tomonlar diniy sohadagi munosabatlarni o’rnatish zarurligi haqida so’z yuritishar ekan, bu konfessiyalar o’rtasida muloqotni kuchaytirish va diniy bag’rikenglikni ta’minlashga xizmat qilishini alohida ta’kidlab o’tishdi.