Xitoy elchisi bilan uchrashuv

SMTIda XXRning O'zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Szyаn Yan bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Suhbat davomida O'zbekiston-Xitoy hamkorligini kengaytirish istiqbollari va ShHT doirasidagi ko'p tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda mehmon O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ShHT sammiti (Bishkek sh., 13-14 iyun) va Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash sammitida (Dushanbe sh., 13-14 iyun) tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarni yuqori baholadi.

Muloqotda Szyаn Yan O'zbekistonning xalqaro maydondagi rolini alohida qayd etib, Xitoy Toshkentning Markaziy Osiyodagi o'zaro bog'liqlik muammolarini hal etish, ekologik xavfsizlikni ta'minlash va yashil energetikani rivojlantirish bo'yicha takliflarini to'liq qo'llab-quvvatlashini ta'kidladi.

Shuningdek, elchi O'zbekistonning mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga qo'shgan hissasiga alohida e'tibor qaratdi. Uning so'zlariga ko'ra, Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida mintaqada olib borilayotgan ochiq va yaxshi qo'shnichilik siyosati Markaziy Osiyo mamlakatlari o'rtasidagi har tomonlama hamkorlik uchun qulay sharoit yaratmoqda. Bu, uning aytishicha, Xitoy Xalq Respublikasi uchun ham muhimdir.

Szyаn Yanning alohida ta’kidlashicha, bugungi kunda tomonlar Afg’oniston yoshlariga ta’lim berish sohasida hamkorlikni chuqurlashtirmoqda. Bu yo’nalishda O’zbekiston tomonidan Termiz shahrida tashkil etilgan ta’lim markazida afg’on fuqarolarini o’qitish bo’yicha o’zaro sa’y-harakatlarga to’xtalib o’tildi. Bunday imkoniyatning yaratilishi afg’on yoshlari o’z kelajagini belgilashida muhim ahamiyatga ega.

Uchrashuv yakunida tomonlar o’zaro va mintaqaviy ahamiyatga molik keng ko'lamli masalalar bo'yicha konstruktiv muloqotni davom ettirish va fikr almashish niyatida ekanligini bildirdi.