O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va Mintaqalararo Tadqiqotlar Institutida Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotidagi Italiyaning doimiy vakili o'rinbosari L.Fratini boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Muzokaralar chog'ida mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, shuningdek, O'zbekiston va YeXHT o'rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
L.Fratini O'zbekiston rahbariyatining mamlakatda keng ko'lamli islohotlarni amalga oshirish borasidagi hamda xalqaro maydonda mamlakat obro'sini oshirishga xizmat qiladigan pragmatik va proaktiv tashqi siyosatni ishlab chiqishdagi sa'y-harakatlarini yuqori baholadi. O'zbekiston nafaqat Markaziy Osiyo mamlakatlari, balki butun sobiq sovet ittifoqi respublikalari uchun ham o'rnak bo’la olishligiga alohida urg’u berib o’tdi.
O'zbekiston va YeXHT o'rtasidagi munosabatlarni yanada kengaytirishga doir istiqbollar yuzasidan L.Fratini kning barcha uch o'lchamlari (harbiy-siyosiy, iqtisodiy-ekologik va inson xavfsizligi) bo'yicha hamkorlikni kuchaytirish zarurligini ta'kidladi.
Oldingisi
Malayziyada o’tkazilgan Osiyo-Tinch okeani mintaqasining «Inqilob: odamlar, texnologiyalar, kuch va xavfsizlik» mavzusidagi 32-davra suhbati haqida
Joriy yilning 7-9 may kunlari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Vladimir Norov Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida bo’lib o’tgan 32-chi Osiyo-Tinch okeani mintaqaviy "davra suhbati" da ishtirok etdi.
24.05.2018Keyingisi
Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi bilan uchrashuv
23-may kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va Mintaqalararo Tadqiqotlar Institutida Yevropa Ittifoqi Kengashining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo’yicha ishchi guruhi bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
25.05.2018