O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-oktabr kuni Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqot qildi.
Belarus rahbari O‘zbekiston yetakchisini kecha bo‘lib o‘tgan Prezident saylovida qozongan ishonchli g‘alaba bilan samimiy qutlab, mo‘ljallangan rejalarni amalga oshirishda muvaffaqiyatlar, do‘st O‘zbekiston xalqiga farovonlik va ravnaq tiladi.
Ikki tomonlama hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi. Savdo aloqalari jadal rivojlanib, yetakchi korxonalarning kooperatsiyasi kengayib borayotgani, madaniy-gumanitar almashinuv faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Prezidentlar mintaqaviy tashkilotlar, jumladan, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasidagi yaqin hamkorlikni davom ettirish muhim ekanini ta’kidladilar.
Oldingisi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston yetakchilari sheriklikni yanada mustahkamlash muhim ekanini ta’kidladilar
25-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkata Mirziyoyev Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi.
25.10.2021Keyingisi
O‘zbekiston Prezidenti MDH kuzatuvchilar missiyasi rahbarini qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-oktabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi kuzatuvchilarining mamlakatimizdagi missiyasiga boshchilik qilayotgan MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedevni qabul qildi.
25.10.2021