Romitan tumanida 10-avgust kuni Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish boshida Buxoro viloyatidagi yangi sanoat, xizmat ko‘rsatish va ijtimoiy soha majmualarini ishga tushirish marosimi bo‘ldi. Bular – Vobkent tumanidagi “Vobkent tola klaster”, Qorako‘l tumanidagi “Qorako‘l kumush kalava”, Qorovulbozor tumanidagi “Buxoro real moto”, Buxoro shahridagi “Ekvatorial chodak”, Kogon shahridagi “Konchi” va “Prom tekstil”, G‘ijduvon va Peshku tumanlaridagi yog‘-moy korxonalari, Buxoro shahridagi mehmonxona va Buxoro tumanidagi tibbiyot birlashmasidir.
Davlat rahbari ramziy tugmani bosib, ushbu majmualarni ishga tushirdi.
Shundan so‘ng Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish choralari, bu borada yil yakuniga qadar amalga oshirilishi lozim bo‘lgan asosiy vazifalar muhokama qilindi.
Avvalo, iqtisodiy ko‘rsatkichlar qayd etilib, qo‘shimcha imkoniyatlar ko‘rsatib o‘tildi.
Joriy yilning olti oyida Buxoroda sanoat 5,3 foizga o‘sgan. Jami eksport 124 million dollarni tashkil etgan. Shu davrda 250 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb qilingan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 baravarga oshgan. Lekin ayrim shahar va tumanlarda bu ko‘rsatkichlar tushgan.
Yil yakuniga qadar 858 ta loyiha ishga tushirilib, 15 mingta ish o‘rni yaratilishi aytib o‘tildi. Umuman, 250 ming aholini band qilish zarur.
Sanoatda importni 150 million dollarga qisqartirib, eksportni 400 million dollarga yetkazish vazifasi belgilandi. Viloyatning turizm salohiyatini to‘liq ishga solib, 25 ming aholi bandligi va 300 million dollar eksport tushumini bemalol ta’minlash mumkinligi ta’kidlandi.
Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan viloyat, shahar va tumanlar hokimlarining hisoboti eshitildi.
Oldingisi
Romitandagi to‘qimachilik korxonasida ming nafar ayol ishli bo‘ldi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Romitan tumanidagi “WBM Romitex” korxonasi faoliyati bilan tanishdi.
10.08.2023Keyingisi
Prezident Buxoro davlat tibbiyot institutida bo‘ldi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 11-avgust kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining yangi binosini borib ko‘rdi.
11.08.2023