Prezident Shavkat Mirziyoyev “Buxoro Agroklaster” tizimidagi bir qator korxonalar faoliyati bilan tanishdi.
Xususan, Buxoro shahridagi “Buxoro Agroklaster DZZ” korxonasida sutni qayta ishlash va qadoqlash yo‘lga qo‘yilgan. 6,2 million dollar investitsiya evaziga qarovsiz maydonda zamonaviy majmua barpo etilib, Italiya va Rossiyadan uskunalar keltirib o‘rnatilgan. 2021-yilda ochilgan korxonada bugungi kunda yiliga 22 ming tonna sut qayta ishlanmoqda. Undan tayyorlanayotgan kefir, sut, pishloq, yogurt, qaymoq, smetana kabi mahsulotlarning turi qirqtadan ortiq. 150 nafar aholi ish bilan ta’minlangan.
Prezident bu yerdagi ish jarayoni va mahsulotlarni ko‘zdan kechirdi.
Ish ko‘lami va daromadning ortishi klaster faoliyatining kengayishiga xizmat qildi. Majmua hududida yangi inshootlar qurildi. Xususan, korxona tizimida yer maydonlari unumdorligini aniqlab beruvchi zamonaviy laboratoriya ishga tushirildi. U Germaniyaning zamonaviy texnologiyalari bilan jihozlangan, tuproq tarkibidagi qirqdan ortiq, suv tarkibidagi o‘nga yaqin ko‘rsatkichlarni aniqlash imkoniga ega.
Buxoro viloyati ekin maydonlarining sho‘rlanganlik darajasi boshqa hududlarga nisbatan yuqori. Hosildorlikka erishish uchun tuproq tahlili nihoyatda zarur. Bu laboratoriyada tuproqning kimyoviy tarkibi o‘rganilib, shu orqali o‘simliklarning mineral va organik o‘g‘itlarga bo‘lgan talabi aniqlanadi. Tuproq xossalari, sho‘rlanish darajasi ham chuqur o‘rganiladi. Uning natijalari asosida yerni me’yorlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘riladi.
Bu yerda shakllantirilgan ma’lumotlar korxonaning yana bir loyihasi – “Agro Smart Map Uz” platformasiga yuklab boriladi. Shu ma’lumotlar asosida yer egalari kerakli agrotexnologik tavsiyalar oladi.
Davlatimiz rahbari laboratoriyadagi sharoitlar bilan tanishdi. “Buxoro Agroklaster”ning navbatdagi loyihalari haqida axborot berildi.
Oldingisi
Akril tola - Yangi O‘zbekistonda yangi yo‘nalish
Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyati Kogon tumanidagi “Siyovush tekstil” korxonasi faoliyati bilan tanishdi.
10.08.2023Keyingisi
Prezident Romitandagi mahallada mehmon bo‘ldi
Davlatimiz rahbari Buxoro viloyati Romitan tumanidagi Qahramon mahallasida bo‘lib, aholi turmushi bilan yaqindan tanishdi.
10.08.2023