SMTIda “Marmara guruhi” strategik va ijtimoiy tadqiqotlar fondi vitse prezidenti A.R.Arslan boshchiligidagi turk delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda turizm sohasi va mehmonxona infratuzilmasini rivojlantirish borasida investitsion aloqalarni kengaytirish imkoniyatlari va muammolari muhokama qilindi.
Shuningdek uchrashuv davomida A.R. Asrlan turkiyaning "Emsaş" kompaniyasi «Tashkent city», «Samarkand city» va Buxoro va Xiva shaharlarida joylashgan mehmonxonalarning qurilishi bo‘yicha tenderlarda qatnashayotganini ma’lum qildi.
Unga qo‘ra, O‘zbekiston ulkan turistik salohiyatga ega, shuning uchun ham ko‘plab investorlar va sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi. Xususan, joriy yilning 10 fevralida 7 mamlakat, jumladan Turkiya, fuqarolari uchun 30 kun muddat bilan vizasiz rejimi O‘zbekiston hukumati tomonidan kiritilishi sayyohlar sonini keskin oshishi va mamlakatning investitsiya jozibadorligi o‘sishi uchun yordam beradi. 2017 yilda O‘zbekistonga tashrif buyurgan Turkiya fuqarolarining soni 47 minga yetdi. Joriy yilning mart oyida turkiyalik sayyohlar soni 6 mingga yetdi, bu oqimning yanada ortishi taxmin qilinmoqda.
O‘zbekiston-Turkiya munosabatlarining strategik hamkorligini inobatga olgan holda, turk tadbirkori, “Marmara guruhi” fondining vitse prezidenti sifatida, quyidagi takliflarni bildirdi:
- SMTI “Marmara guruhi” bilan birga O‘zbekiston iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishga va mamlakatning turizm sanoatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish sohalariga qaratilgan qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish;
- Turkiyadagi potensial investorlar uchun O‘zbekistonning investitsion jozibadorligini oshirish bo‘yicha seminar va tadbirlar tashkil etish;
- ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston-Turkiya ishchi guruhlarini tashkil etish.
Oldingisi
Koreya delegatsiyasi elchisi bilan uchrashuv
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida Janubiy Koreyaning Shimol bilan iqtisodiy hamkorlik bo’yicha qo’mitasi raisi Song Yong-gil boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
07.05.2018