Joriy yilning 30 aprelida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida (SMTI) Bundestagning “Germaniya – Markaziy Osiyo” parlament guruhi hamda XDI/XSI fraksiyasi a’zosi Manfred Grund boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar O‘zbekiston-Germaniya hamkorligini rivojlantirish, Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlik istiqbollari, shuningdek, O‘zbekistonning Afg‘oniston bo’yicha yondashuvlarini atroflicha muhokama qildilar.
Mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli va sheriklik munosabatlari jadal rivojlanayotgani ta’kidlandi. Bu o’z navbatida oliy va yuqori darajadagi siyosiy aloqalarni faollashishi bilan bog’liq.
Toshkentning mintaqaviy siyosatiga alohida toʻxtalib oʻtildi. “Prezident Shavkat Mirziyoyevning kelishi bu siyosatni tubdan oʻzgartirdi. O‘zbekiston va qo‘shni respublikalar o‘rtasidagi aloqalarning faollashgani tufayli mintaqada misli ko‘rilmagan darajada hamkorlik rivojlanmoqda. Bu, o‘z navbatida, “Markaziy Osiyo+Germaniya” formatidagi sheriklikni mustahkamlashga turtki bo‘ldi”, — deya ta’kidladi Manfrend Grund.
Germaniya Markaziy Osiyo davlatlarining iqtisodiy, energetika, ekologiya va boshqa sohalarda mintaqalararo hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan sa’y-harakatlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashi mehmonlar tomonidan alohida qayd etildi.
Parlament aʼzolari Oʻzbekistonning Afgʻoniston bilan munosabatlarni yoʻlga qoʻyish borasidagi yondashuvlari haqida gapirar ekan, Toshkentning ushbu mamlakatni mintaqaviy iqtisodiy aloqalarga jalb etish va afgʻon yoshlari uchun taʼlim loyihalarini ilgari surish istagini alohida taʼkidladilar.
Uchrashuv yakunida nemis tomoni O‘zbekiston bilan qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish sohasida uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga qiziqish bildirdi.
Oldingisi
SMTIda polshalik mutaxassislar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
Joriy yilning 23 aprelida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida (SMTI) Xalqaro munosabatlar markazi (CSM) vakillari – CSM direktori, Varshava universiteti professori Malgojata Bonikovska va uning o'rinbosari Maykl Smagovich bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
24.04.2024Keyingisi
SMTIda Konrad Adenauer fondining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi rahbari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yil 7 mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida (SMTI) Konrad Adenauer fondining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasiga yangi tayinlangan rahbari Andre Algermissen bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
07.05.2024