O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va Mintaqalararo Tadqiqotlar Institutida Yaponiya Mudofaa vazirligining milliy mudofaa tadqiqotlari instituti katta ilmiy xodimi Hiroshi Yamadzoe boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Muzokaralar chog'ida mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, shuningdek, O'zbekiston va Yaponiya o'rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
X.Yamadzoe O'zbekiston rahbariyatining mamlakatda keng ko'lamli islohotlarni amalga oshirish borasidagi hamda xalqaro maydonda mamlakat obro'sini oshirishga xizmat qiladigan pragmatic va konstruktiv tashqi siyosatni ishlab chiqishdagi sa'y-harakatlarini yuqori baholadi.O‘zbekistonda ichki iqtisodiyotning liberalashtirilishi va demokratiya institutlarining mustaxkamlanishi, ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va yapon investitsiyalarini kengayishiga olib kelishi ta’kidlandi.
Bundan tashqari tomonlar, Osiyo mintaqasidagi barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlash doirasidagi dolzarb muammolar muxokama qilindi. Shuningdek, hozirgi sharoitda xalqaro xavfsizlikka solinayotgan xavf va xatarlarni o’zgarishi tog’risida firk almashildi.
Suxbat yakunida, tomonlar o‘zaro tahliliy va ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish bo'yicha hamkorlikni kuchaytirish zarurligini ta'kidlashdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va Mintaqalararo Tadqiqotlar Instituti hamda Yaponiya Mudofaa vazirligi huzuridagi Milliy Mudofaa Tadqiqotlari Instituti o'rtasida kelgusida ilmiy uchrashuvlar o’tkazishga kelishildi va o’zaro hamkorlikni yo’lga qoyishga o’z qiziqishlarini bildirishdi.
Keyingisi
Shanxay xalqaro tadqiqotlar universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv
Joriy yilning 4-iyun kuni Shanxay Xalqaro Tadqiqotlar Universiteti (ShXTU) delegatsiyasi bilan partiya qo'mitasi kotibi Jiang Feng boshchiligida uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuv davomida O'zbekiston va Xitoy o'rtasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi ko'p tomonlama hamkorlikni mustahkamlash...
07.06.2018